Barcha yangiliklar
Payariq tumanida “Bilimlar kuni” tantanalari davom etmoqda
Gallery image 56588
Gallery image 56589
Gallery image 56590
Gallery image 56591
Gallery image 56592
SHOVQIDDINOV MAFTUN SAYFUTDINOVICH
02 Sen 2025
16:29

Payariq tumanida “Bilimlar kuni” tantanalari davom etmoqda

2-sentabr – “Bilimlar kuni” munosabati bilan Payariq tumanining barcha umumta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili tantanali tarzda boshlandi. Tumandagi 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Jamshid Axunov ham 26-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat maktab jamoasi, ota-onalar va ayniqsa birinchi sinf o‘quvchilarini yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi.

— Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim bosqichga – bilim olish sari ilk qadam qo‘ymoqdasiz. Maktab – bu nafaqat o‘qitish maskani, balki tarbiya, ma’naviyat va kamolot o‘chog‘i hamdir. Sizlarga chin dildan omad, sabr-toqat va porloq kelajak tilayman, – dedi Jamshid Axunov o‘z murojaatida.

Jarayonda, ushbu maktabga qabul qilingan 1-sinf o‘quvchilari uchun Prezident sovg‘alari topshirildi va yangi o‘quv yiliga tayyorlangan sinf xonalari ko‘zdan kechirildi.

Shu kabi uchrashuvlar yosh avlodni bilim olishga, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan birga, mahalliy Kengash deputatlarining xalq bilan yanada yaqin bo‘lishini ta’minlamoqda.