Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi bialn uchrashuv
Gallery image 56575
Gallery image 56576
Gallery image 56577
Gallery image 56578
Gallery image 56579
Gallery image 56580
Gallery image 56581
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
02 Sen 2025
15:56

Mahalla yettiligi bialn uchrashuv

Oqoltin tumani Kengashi deputati Babayev Esanbay Omonmuratovich “Mustaqillik” mahallasi binosida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi va faollar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Xususan, hududda mavjud muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat Babayev Esanbay Omonmuratovich o‘z navbatida, bildirilgan taklif va masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rilishini ta’kidladi.