Barcha yangiliklar
Maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
Gallery image 56574
ABRAXMATOV NAJMIDDIN ABDURAXMON O‘G‘LI
02 Sen 2025
15:55

Maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tumanimizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari maktablarda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, ustoz va murabbiylarni, o‘quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalarini bayram bilan tabriklab, yangi o‘quv yilida barchani yangi muvaffaqiyatlar sari intilishga chaqirdi. Yoshlarga ilmiy izlanishda, ta’lim olishda va shaxsiy rivojlanishda zafarlar tiladi.