Barcha yangiliklar
Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi
Gallery image 56342
Gallery image 56343
Gallery image 56344
Gallery image 56345
Gallery image 56346
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
30 Avg 2025
14:45

Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, "Adolat" SDP shahar Kengashi raisi A.Mustafaqulov tashabbusi bilan Termiz shahridagi "Ma’rifat" mahallasida mahalla oqsoqollari, faollari hamda mahallaning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami vakillariga Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

To‘kin dasturxon atrofida xushovoz xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida nuroniy otaxon va onaxonlar duoga qo‘l ochishib, yurtimizga tinchlik va qut-baraka tiladilar.