Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 56312
Gallery image 56313
Gallery image 56314
Gallery image 56315
Gallery image 56316
Gallery image 56317
Gallery image 56318
Gallery image 56319
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
30 Avg 2025
14:02

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Alibek Amanlikov kengashning ish rejasiga muvofiq “Deputatning bir kuni” loyihasi doirasida o‘z hududida qator ijtimoiy va muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy faoliyat olib bordi.

🔹 Dastlab, Boyovut tuman Nuroniylar jamg‘armasida o‘tkazilgan uchrashuvda deputat tomonidan jamiyatda ayollar va oilalarning ijtimoiy himoyasi, xususan, ta’ziq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qonuniy jihatdan himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Bu boradagi amaldagi qonunchilik, mavjud imkoniyatlar va murojaat mexanizmlari haqida aholiga targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔹 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi arafasida tumandagi mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi. Faxriylar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar e’tibor bilan tinglandi.

🔹 Deputat shuningdek, o‘z hududidagi umumta’lim maktablarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari holatini o‘rganib, ish sifati va muddatlarga e’tibor qaratdi. Qurilish jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 “Deputatning bir kuni” loyihasi doirasidagi tadbirlar davomida “Ma’naviyat” mahallasida joylashgan kanalizatsiya tizimida olib borilayotgan ta’mirlash va yangilash ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Aholining mazkur infratuzilma ishlari borasidagi fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarning bartaraf etilishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

📌 Ushbu tashrif va uchrashuvlar davomida deputat aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rgandi va muammolarni bartaraf etish yuzasidan joyida tegishli tashkilotlarga murojaatlar yuborildi.

“Deputatning bir kuni” loyihasi davomida deputatga, kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, tuman hokimining tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Sh.Barlibayev hamda tegishli tashkilotlar hamrohlik va hamkorlik qilishdi.