Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHKO‘PRIK TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 56126
Gallery image 56127
Gallery image 56128
Gallery image 56129
Gallery image 56130
Gallery image 56131
Gallery image 56132
MELIQO‘ZIYEV SARVARJON SOXIBJONOVICH
28 Avg 2025
17:49

XALQ DEPUTATLARI UCHKO‘PRIK TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya ishida tumanda 2025-yilning ikkinchi choragi davomida “Zarbdor” tajribasi asosida ishlab chiqilgan drayver loyihalarning amalga oshirilishi hamda ushbu loyihalarga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tumandagi mas’ul rahbarlarning hisobotlari to‘g‘risida;

tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida;

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan davrida “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi” daromadlaridan foydalanish va xarajatlari ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan tumanda 2025-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.