Barcha yangiliklar
Deputat o'z okrugidagi mavjud muammolarni o'rgandi
Gallery image 56084
Gallery image 56085
Gallery image 56086
Gallery image 56087
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
27 Avg 2025
17:14

Deputat o'z okrugidagi mavjud muammolarni o'rgandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati S,Fayziyeva, Ekopartiya Mirobod tuman partiya tashkiloti raisi D.Mavlyanova, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati H.Kayumovlar "Parvona" mahalla fuqarolar yig'ini mas'ullari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mahalla raisi va yettilik a'zolari ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni hal etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

Shuningdek, ayollar daftariga kiritilganlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan doimiy profilaktik suhbat o'tkazish, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlash borasida jiddiy amaliy yondashuv zarurligi borasida zarur tavsiyalar berib o'tildi.