Barcha yangiliklar
Mirobod tumanida energiya samaradorligni oshirishda aholi va korxonalarning o'rni
Gallery image 56021
Gallery image 56022
Gallery image 56023
Gallery image 56024
Gallery image 56025
Gallery image 56026
Gallery image 56027
Gallery image 56028
Gallery image 56029
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
01 Avg 2025
16:47

Mirobod tumanida energiya samaradorligni oshirishda aholi va korxonalarning o'rni

Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov hamda tuman prokurori B.Abdullayev va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari rahbarligida tumanda energiyani tejash, qayta tiklanuvchi manbalarni joriy etish va kommunal tashkilotlarni debitor qarzdorliklarini kamaytirish yuzasidan ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda, Davlat rahbarining 01.04.2025-yildagi PQ-133-son qarori talablaridan kelib chiqib, joriy yilda energiya resurslarini iqtisod qilish hamda yo‘qotishlarni qisqartirish, resurslarni talon-toroj qilinishini oldini olish va unga barham berish masalasining tumandagi ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.

Ishchi guruhi a’zolariga elektr va tabiiy gazni iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish, iqtisod qilishning tashkiliy-texnik tadbirlari rejalari belgilangan muddatlarda bajarish, energiya resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, energiya resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish ishlarini mahallabay tashkil etish hamda debitor qarzdorliklarni qisqartirish borasida ishlarni jadallashtirish haqida ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.