Barcha yangiliklar
Mirobod tumanida fuqarolar uchun ochiq qabul o‘tkazildi
Gallery image 55941
Gallery image 55942
Gallery image 55943
Gallery image 55944
Gallery image 55945
Gallery image 55946
Gallery image 55947
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
08 Iyul 2025
16:08

Mirobod tumanida fuqarolar uchun ochiq qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tuman hokimliklarida ish kunlarini aholi murojaatlari va muammolarini eshitishdan boshlash lozimligi ta’kidlangan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 8-iyundan boshlab Mirobod tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi va mas’ullar ishtirokida ochiq qabullar tashkil etilmoqda. Qabulda xalq deputatlari Mirobod tuman deputatlari ham ishtirok etishmoqda.

Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar vakillariga aniq vazifalar yuklatildi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qolganlari esa huquqiy maslahat berish orqali qanoatlantirildi. Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini tinglash va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.