Barcha yangiliklar
Mirobod tumanida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Gallery image 55935
Gallery image 55936
Gallery image 55937
Gallery image 55938
Gallery image 55939
Gallery image 55940
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
01 Iyul 2025
16:05

Mirobod tumanida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

"Banokatiy" mahallasi aholisi uchun tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi muammoli masalalari o‘rganildi. 

Qabulga kelgan murojaatlar asosan turar joy va kommunal sohadagi muammolar, sanitariya holati, atrof-muhitni obodonlashtirish, hududdagi qo‘shimcha infratuzilma talablari hamda ijtimoiy yordam masalalarini qamrab oldi.

Sayyor qabul jarayonida hokim tomonidan murojaatlar chuqur o‘rganilib, katta qismi joyida hal etildi, qolgan qismi bo‘yicha qisqa fursatda bartaraf etish uchun mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Hokim tomonidan barcha masalalarga shaxsan yondashilgan holda, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli ravishda hal etishga alohida e’tibor qaratildi.