Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 55843
Gallery image 55844
Gallery image 55845
EGAMBERGANOV DANIYOR MADYOR O‘G‘LI
27 Avg 2025
18:25

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Shovot tumani bo‘limi boshlig‘i X. Erbayevning tumandagi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan bergan hisobotini eshitish masalasi o‘rin oldi.

Hisobot davomida jamg‘arma mablag‘larining shakllanish manbalari, mahallalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilish holati tahlil qilindi.

Komissiya a’zolari jamg‘arma mablag‘larining manzilli sarflanishi, shaffoflik va natijadorlikka alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.