Barcha yangiliklar
SAYLOV OKRUGI: SAMARALI MULOQOT MAYDONI
Gallery image 55811
Gallery image 55812
Gallery image 55813
Gallery image 55814
Gallery image 55815
Gallery image 55816
Gallery image 55817
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
16 Avg 2025
17:28

SAYLOV OKRUGI: SAMARALI MULOQOT MAYDONI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Toshboyeva shaharning “Tuproqqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mahalla faollari ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab yig‘ilishda deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ushrashuv davomida saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Shuningdek, “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan 23-sonli DMTT ning hozirgi kundagi faoliyati o‘rganildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.