Barcha yangiliklar
SAYLOV OKRUGI: SAMARALI MULOQOT MAYDONI
Gallery image 55682
Gallery image 55683
Gallery image 55684
Gallery image 55685
Gallery image 55686
Gallery image 55687
Gallery image 55688
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
13 Avg 2025
20:55

SAYLOV OKRUGI: SAMARALI MULOQOT MAYDONI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati G.Abramatova shaharning “Jayhun” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha faol nuroniylar ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ushrashuv davomida saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Shuningdek, mahalladagi faol nuroniylar ishtirokida “Jayhun” mahalla fuqarolar yig‘inida nazorat-tahlil tadbiri tashkil etilib, 11-DMTT ning hozirgi kundagi faoliyati o‘rganildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.