Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 55640
Gallery image 55641
Gallery image 55642
Gallery image 55643
Gallery image 55644
Gallery image 55645
Gallery image 55646
Gallery image 55647
Gallery image 55648
Gallery image 55649
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
26 Avg 2025
16:59

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasisi, yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📑 Yig'ilish kun tartibidan:

1-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhitini, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-93-son qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Usmanovning hisoboti to‘g‘risida.

2-masala, Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Azamovning hisoboti to‘g‘risida..

3-masala, Boyovut tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash to‘g‘risida.

4-masala, Boyovut tumanida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.

5-masala, Tuman mahalliy budjetining 2025-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

6-masala, Boyovut tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining 2025-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.