Barcha yangiliklar
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Gallery image 55555
Gallery image 55556
Gallery image 55557
Gallery image 55558
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
26 Avg 2025
09:21

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

 Bekobod shahrining "Mustaqillik" va "Sirdaryo" mahallalari fuqarolari ishtirokida 17-sonli umumta’lim maktab hovlisida yurtimiz Mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimligi davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Mirzaahmedova, Xalq deputatlari shahar kengashi deputati U.Abdunazarov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi rahbari M.Qo‘ziboyev, 17-maktab direktori Y.Janjigitova mustaqillikning tarixiy ahamiyati, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va xalqimizning erishayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritdilar. Mahalla hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh faollarga shahar hokimi N.Babayevning “Tashakkurnomasi” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram tantanasi shahar Madaniyat bo‘limi hamda 17-maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan yanada fayzli bo‘ldi.