Barcha yangiliklar
"Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki"
Gallery image 55456
RAMANOVA FIRUZA SAPARBAYEVNA
23 Avg 2025
16:56

"Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki"

 “Obod va fayzli mahalla- yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan hashar Urganch shahrida ham tizimli tarzda tashkil etilmoqda.

Mahallalarda obodonlashtirish, tozalik va bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar yurtimiz ko‘rkini yanada oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, Urganch shahri “Jingovuz” mahallasida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sharipova Nargiza Umidovna tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya hashari "mahalla yettiligi" a’zolari, nuroniy otaxonlar va yoshlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Tadbir davomida obodonlashtirish ishlari olib borildi.