Barcha yangiliklar















SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
22 Avg 2025
15:59
"Obod va fayzli mahalla- yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq shanbaligi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova Qo‘shtepa MFY fuqorolarini "Obod va fayzli mahalla- yurt ko‘rki" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq shanbaligida faol ishtirok etishga chorladi. Mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘chalarning sanitariya holatini yaxshilash, jamoat joylarini obod qilish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan. Ko‘chalarning chetlari va suv o‘tkazish tizimlari chiqindilardan tozalanib, ularning ishlash samaradorligi oshirildi.