Barcha yangiliklar
Jamoatchilik nazorati
Gallery image 55325
Gallery image 55326
Gallery image 55327
Gallery image 55328
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
22 Avg 2025
15:39

Jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari B.Toshpo‘latov va M.Mamatqulovlar “Kimyogar” MFY hududidagi 1,2,3,4,5 va 7-sonli ko‘p qavatli uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bo‘yicha jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqildi. Monitoring davomida ko‘p qavatli uylarda fasad qismlarini bazalt qoplamalari bilan qoplash, tom qismlarini taʼmirlash, elektr shitlarning jihozlarini yangilash ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. O‘rganishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni sifatli bajarilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Deputatlar tomonidan mazkur qurilish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha nazorat va monitoring qilish davom etmoqda.