Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan investitsiya dasturi ijrosi o‘rganildi.
Gallery image 5036
Gallery image 5037
Gallery image 5038
Gallery image 5039
Gallery image 5040
Gallery image 5041
Gallery image 5042
Gallery image 5043
Gallery image 5044
XUDOYKULOV SUXROB SAYITKULOVICH
07 Fev 2024
10:39

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan investitsiya dasturi ijrosi o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459-son qaroriga asosan Respublikada "299 ta nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, 2-bosqich (204 ta stansiya)" loyihasini amalga oshirish belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Tarmoq ilmiy Kengashi tomonidan mazkur loyihalarni konsepsiyasi ishlab chiqarilgan.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2024-yil 3-yanvardagi VI-95-2-7-100-K/23-sonli qarori bilan Suv xo‘jaligi vazirligining Tarmoq ilmiy Kengashi konsepsiyasiga asosan “Suvchi”, “Mirishkor” hamda “Mingchuqur nasos stansiylarini modernizatsiya qilish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Bugungi kunda mazkur nasos stansiyasini ta'mirlash ishlari jadal ravishda amalga oshirilmoqda.