Barcha yangiliklar









PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
22 Avg 2025
10:55
KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI
Xalq deputatlari shahar Kengashi 4-"Shifokorlar" saylov okrugi deputati O.Sharipov Kambag`allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo`llab-quvvatlash, hamda shaharni ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida qilingan ishlar bo`yicha o`z okrugidagi oilalarni xonadonlariga borib, o'rganish olib bordi.
O`rganish davomida hozirgacha biriktirilgan masullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va homiylar tomonidan qilingan yordamlar ko`lami aniqlanib tahil qilindi va ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o`rganildi.