Barcha yangiliklar
Mustaqillik bayrami keng nishonlandi
Gallery image 55168
Gallery image 55169
Gallery image 55170
Gallery image 55171
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
21 Avg 2025
15:50

Mustaqillik bayrami keng nishonlandi

Bekobod shahrining 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Xalq deputatlari shahar kengashi deputati U.Abdunazarov  ,,Yangi hayotʼʼ  MFY  bilan hamkorlikda mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlab ,,Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida maʼnaviy-madaniy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda mustaqilligimizni madh etuvchi sheʼrlar aytildi, qoʻshiq va raqslar ijro etildi. Shahrimizning  ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishiga munosib hissa qoʻshayotgan mahalla vakillariga hokimlik tashakkurnomasi topshirildi, bolajonlarga esa bayram tuhfasi sifatida muzqaymoqlar ulashildi.