Barcha yangiliklar









NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
20 Avg 2025
18:24
Deputatlik guruhi yig‘ilishi: samaradorlik va istiqbollar
Yig‘ilishda 2025-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha deputatlarning faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, amaliy natijadorlikni yanada oshirish masalalari muhokama etildi.
Kun tartibidan kelib chiqqan holda deputatlarga tegishli topshiriqlar berilib, navbatdagi davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Deputatlar faoliyatida aholining muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish kabi yo‘nalishlarda tizimli yondashuvni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.