Barcha yangiliklar
Saidova Shukrona To'xtayevna 2025-yilning 2-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
Gallery image 54849
Gallery image 54850
Gallery image 54851
Gallery image 54852
Gallery image 54853
Gallery image 54854
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
19 Avg 2025
12:03

Saidova Shukrona To'xtayevna 2025-yilning 2-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi

 Saidova Shukrona To'xtayevna 2025-yilning 2-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi. 

Sh. Saidova xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilingan masalalar, tumanimizda olib borilayotgan ishlar va tashkilot rahbarlar faoliyati natijalari to'g'risida ma'lumot berdi. 

Tumanda fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan jamoatchilik fikri yordamida "Nafosat" okrugida joylashgan 183-maktabni ta'mirlash loyihasi g'olib deb topilgani va ta'mirlash ishlari olib borilayotgani haqida gapirib o'tdi.

Bundan tashqari 2-chorakda Kengash tomonidan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida Chilonzor tumani "Nafosat" mahalla

fuqarolar yig‘ini hududida bog' barpo etish, uzoq yillik mevali va manzarali daraxtlar ekilib, piyodalar yo‘lakchasi, aholi dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatish, yoritish tizimi hamda sug‘orish tizimini tashkil etish uchun mablag‘ ajratilganini aytib o'tdi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolar muhokama qilindi.