Barcha yangiliklar
Yangi qiyofa kasb etayotgan maktablar soni ko‘paymoqda!
Gallery image 54815
Gallery image 54816
Gallery image 54817
Gallery image 54818
Gallery image 54819
Gallery image 54820
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
19 Avg 2025
09:23

Yangi qiyofa kasb etayotgan maktablar soni ko‘paymoqda!

 Yangi qiyofa kasb etayotgan maktablar soni
ko‘paymoqda!
 

 Oltiariq tumanini korrupsiyadan holi xududga aylantirish yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xartiasiga muvofiq tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi rahbarlarning rotatsiyasi amalga oshirildi. Amalga oshirilgan islohotlar qisqa muddatda o‘z natijasini berdi. Jumladan, Jo‘rak qishlog‘i hududida joylashgan 6-umumta’lim maktabi aholisi tashabbusi bilan ta’mirlandi. "El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi" deganlaridek yuqoridagi kabi islohotlar O‘zbekiston Qaxromoni Lola Murodova tahsil olgan 31-umumta’lim maktabida ham avjida. Tuman hokimligi, jonkuyar tadbirkorlar, tuman Kengashi deputatlari, maktab mutasaddilari va jamoatchilik hashar tadbirlarida faol. Maktab direktori U. Qodirova yangi o‘quv yilini ko‘tarinki rux va kayfiyatda hamda yuksak marralarni reja qilib sidqidildan ish tashkillash shiddatida.