Barcha yangiliklar
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Gallery image 54717
Gallery image 54718
Gallery image 54719
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
18 Avg 2025
12:20

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

15-avgust kuni Tuproqqal'a tumani Sayapir mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida faxriylar, o‘rta avlod vakillari va yoshlar bir davra atrofida yig‘ilib, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, Vatan ravnaqi yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida samimiy suhbatlashdilar.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashiga 9-Sayapir okrugidan saylangan deputat Fatima Seydabdullayeva ham ishtirok etib, aholi bilan muloqot qildi, ularning fikr-mulohazalarini tingladi va takliflarini qayd etdi.

Mustaqillik – barchamiz uchun bebaho ne’mat, uni asrash va mustahkamlash esa har birimizning muqaddas burchimizdir!