Barcha yangiliklar
Bozorlardagi narx-navolar – deputatlar nazoratida
Gallery image 54654
Gallery image 54655
Gallery image 54656
Gallery image 54657
Gallery image 54658
Gallery image 54659
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
18 Avg 2025
08:10

Bozorlardagi narx-navolar – deputatlar nazoratida

   Joriy yilning 11-avgust kuni Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev raisligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da berilgan topshiriqlar ijrosi hamda aholi dasturxoni to'kinligi, bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini arzon va barqarorligini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari shahar kengashining raisi N.Babayev rahbarligidagi Ishchi guruh "Bekobod dehqon bozori" MCHJning savdo rastalaridagi oziq-ovqat mahsulotlar sifati va ularning narxlari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Bunda "Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi"dagi go'sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e'tibor qaratilib, hokimlik mutasaddilari, "Bekobod dehqon bozori" MCHJ ma'muriyati hamda tadbirkorlarga bozor to'kinligi, mahsulotlar sifati va ularning arzonligi hamda bayram kunlari davomida barqaror narxlar bo'yicha manzilli topshiriqlar belgilab berdi.