Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 54621
Gallery image 54622
Gallery image 54623
Gallery image 54624
Gallery image 54625
Gallery image 54626
Gallery image 54627
Gallery image 54628
Gallery image 54629
Gallery image 54630
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
16 Avg 2025
11:19

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov kengash ish rejasiga muvofiq “Deputatning bir kuni” loyihasi doirasida faoliyat olib bordi.

💠 Deputat tashrif davomida “Sovotobod” va “Navbahor” mahallalari faoliyatini o‘rganib, mahallada amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

💠 Shuningdek, hududda joylashgan DMTT va maktablarning qurilish-ta’mirlash ishlari sifati bilan ham tanishib, mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berdi.

💠 Mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.

Ushbu tashrif deputatlik faoliyatida xalq manfaatlarini ustuvor qo‘yish va mahalla hayotidagi muammolarni joyida hal qilishga xizmat qiladi.

“Deputatning bir kuni” loyihasi davomida deputatga, viloyat deputati N.Sultonova tuman hokimining o‘rinbosarlari K.Abdaliyev, A.Alashukurov hamda tegishli tashkilotlar hamrohlik qilishdi.