Barcha yangiliklar
SAYLOVCHI MUAMMOSI – DEPUTATLAR E’TIBORIDA!
Gallery image 54564
Gallery image 54565
Gallery image 54566
Gallery image 54567
Gallery image 54568
Gallery image 54569
Gallery image 54570
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
15 Avg 2025
17:18

SAYLOVCHI MUAMMOSI – DEPUTATLAR E’TIBORIDA!

 SAYLOVCHI MUAMMOSI –
DEPUTATLAR E’TIBORIDA!
 

  

Xalqning ovozi – xalq
vakillari uchun eng katta mas’uliyatdir. Ochiq muloqot, xalq dardini eshitish
va uning yechimini topish – deputatlik faoliyatining yuragi hisoblanadi. 

Shu maqsadda o‘tkazilgan
uchrashuvlar davomida tumanimizning Avval mahalla fuqarolari yig‘ini
hududidagi O‘qituvchilar ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar
aholisi
deputatlarga yurakdosh muammolarini aytdi: yillar davomida ta’mirlanmagan,
sanitariya talablariga javob bermaydigan tashqi xojatxonalar fuqarolarga,
ayniqsa, bolalar va keksalarga katta noqulaylik va xavf tug‘dirmoqda. 

Dolzarb masalalardan yana
biri – Dilkusho MFY hududidagi Islomobod, Paxlavonlar va Damariq
ko‘chalaridagi
ma’nan va jismonan eskirgan simyog‘ochlardir. Ularning
holati nafaqat elektr ta’minotida uzilishlar, balki aholi hayoti uchun ham xavf
tug‘dirmoqda. 

Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zolari Ozodaxon
Dadajonova
va Shuxratjon Rahimov, fuqarolarning ko‘p
yillik murojaatlariga befarq qolmasdan, masalalarni hal etish uchun tuman
hokimining birinchi o‘rinbosari nomiga rasmiy deputatlik so‘rovi
kiritishdi. 

Bu so‘rov – faqat qog‘ozda
qolmasligi, balki amalda ijrosini topishi uchun deputatlar nazoratida bo‘ladi.
Chunki xalq xavfsizligi va munosib turmushi – orqaga surib bo‘lmaydigan
vazifadir!