Barcha yangiliklar
Kengash raisi tomonidan tumandagi 8-sonli bog‘chadagi qurilish ishlari nazorat qilinmoqda.
Gallery image 54449
Gallery image 54450
Gallery image 54451
Gallery image 54452
Gallery image 54453
Gallery image 54454
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
14 Avg 2025
18:02

Kengash raisi tomonidan tumandagi 8-sonli bog‘chadagi qurilish ishlari nazorat qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Parkent tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko‘lami ortib bormoqda. Jumladan, Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra, 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasini mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur qarorga ko‘ra, 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi bunyodkorlik ishlari joriy yilning 1 sentabr kuni yakunlanadi. Prezidentimizning ushbu qarori ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi Sardor Isoqulov tomonidan alohida nazoratga olingan. Xususan, Kengash raisi ushbu bog‘chadagi qurilish-ta’mirlash
ishlarining sifatini har kuni tekshirib bormoqda. O‘rganishlar davomida qurilish-ta’mirlash bilan bog‘liq masalalar tezkorlikda hal etilmoqda. Shuningdek, mas’ul loyihachi va buyurtmachi tashkilot rahbarlariga qurilish ishlarini sifatli bajarish haqida zarur topshiriqlar berilmoqda. Sardor Isoqulov nazorat davomida muassasani mukammal ta’mirlash ishlarini belgilangan muddat, ya’ni 2025 yilning 1 sentabr kunida yakunlash, ajratilgan mablag‘larni o‘z o‘rnida, maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratmoqda.