Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN
Gallery image 54186
Gallery image 54187
Gallery image 54188
Gallery image 54189
Gallery image 54190
Gallery image 54191
TURAYEVA RA’NO AMONOVNA
12 Avg 2025
17:44

DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Avvalo shahrimiz hokimi aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida ushbu mahallada navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. 

Qabul davomida fuqarolarning bandligi ta'minlash, turar joy muammosi va davolanishga ko‘mak berish sohalariga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

"Elips" xususiy burgʻulash shirkati ishchi-xodimlari uchun qurilayotgan yotoqxona bilan tanishdi. Mutasaddilardan ishlarning borishi boʻyicha hisobot tinglandi. Nazirbek Rahmanov bu borada oʻz takliflarini aytib oʻtdi. Ishchilar uchun yotoqxona qulay va shinam sharoit yaratish lozimligi taʼkidlandi.

"Muruntov" MFYda joylashgan 5-umumta'lim maktabining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini tekshirdi. Mas'ul rahbarlarning hisobotlarini tingladi. Maktabda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun lozim boʻlgan barcha zaruriy sharoitlar yaratilishi lozimligi taʼkidlandi.