Barcha yangiliklar
Kengash raisi mahalliy aholi va yoshlar bilan uchrashdi
Gallery image 54145
Gallery image 54146
Gallery image 54147
Gallery image 54148
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
12 Avg 2025
14:38

Kengash raisi mahalliy aholi va yoshlar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboev Sarmich mahalla fuqarolar yig‘ini Iskandar qishlog‘ida mahalliy aholi va yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini eshitdi. 

Yoshlar bilan alohida suhbatda ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, sport va madaniy tadbirlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Kengash raisi yoshlar bandligini ta’minlash, imtiyozli kreditlar hamda sport inshootlarini yangilash bo‘yicha rejalar haqida ma’lumot berdi. 

Uchrashuv yakunida bir qator muammolarni joyida hal etish choralari belgilandi, ayrim masalalar bo‘yicha esa mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.  

Muloqot aholi va xalq vakillari o‘rtasida ochiqlik va ishonch muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.