Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 54143
Gallery image 54144
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
12 Avg 2025
14:38

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani Kengashi deputati Eldor Erkaboyev "Boyoyurt" mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar hamda aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.

⚫️ Uchrashuvda fuqaro Z.Mirzayev mahalla hududida hozirgi kunda foydalanishga yaroqsiz holga kelgan ichimlik suvi qudug‘i joylashgan maydondan 39-maktab o‘quvchilari uchun bolalar o‘yingohi barpo etish taklifini ilgari surdi.

Tadbirda shuningdek, tuman pensiya bo‘limi rahbari B.Ataullayev ham ishtirok etdi. U pensiya yoshiga yetgan yoki pensiyaga chiqish muddati yaqinlashgan fuqarolarda uchrayotgan muammolarni oldini olish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda mahallalarda ijtimoiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.