Barcha yangiliklar
#Live #Rasmiy
Gallery image 54012
Gallery image 54013
Gallery image 54014
Gallery image 54015
Gallery image 54016
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
15 Iyul 2025
11:42

#Live #Rasmiy

#Live #Rasmiy

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 16-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, masalaga aloqador kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, deputatlar va faollar qatnashmoqda. Shuningdek, shahar va tumanlar uchun videokonferensaloqa tarzida ulangan.

Sessiya kun tartibiga 8 ta masala kiritilgan.

Sessiya ishini Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva olib bormoqda. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot beruvchi masʼullar nutq so‘zlamoqda.

Xususan, birinchi masala yuzasidan oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida viloyat Adliya boshqarmasi masʼul xodimi Baxovuddin Salayev axborot bermoqda.

Sessiya ishi davom etmoqda..

Sessiyani hokimlikning rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin