Barcha yangiliklar
#Seminar
Gallery image 54007
Gallery image 54008
Gallery image 54009
Gallery image 54010
Gallery image 54011
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
12 Iyul 2025
11:41

#Seminar

#Seminar

Davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun viloyat hokimligi xodimlari ishtirokida halollik va qonuniylikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat xizmatchilarining vijdoni va mas’uliyati, halol ish muhitini shakllantirish, shuningdek, “halollik vaksinasi” kabi tushunchalar atroflicha muhokama etildi.

Seminar Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, tadbir doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali xodimlarning halollikka bo‘lgan munosabati, ish sharoiti va rag‘batlantiruvchi omillar aniqlandi.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi xizmat faoliyatiga bilvosita ta’sir ko‘rsatayotgan omillar tahlil qilindi.

Seminar yakunida davlat xizmatchilarining ijobiy imijini shakllantirish, halollikni qo‘llab-quvvatlash va korrupsiyaga qarshi immunitetni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.