Barcha yangiliklar
TUMAN HOKIMI,XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHI RAISI V.ADIZOVNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 53986
Gallery image 53987
Gallery image 53988
Gallery image 53989
SHAMSIDDINOVA DILNOZA ILXOMOVNA
12 Avg 2025
11:28

TUMAN HOKIMI,XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHI RAISI V.ADIZOVNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Karmana tuman xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi,xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabul qilinib, muammo va takliflarini tinglandi.

Shuningdek,sayyor qabulda 15-Nodira saylov okrugi deputati Yu.Murodov ham ishtirok etdi.

✅ Ushbu qabulda fuqarolar tomonidan ish bilan ta'minlashda amaliy yordam berish, ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy ko‘mak berish va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.

✅ Shuningdek, fuqarolar tomonidan jami 8 ta murojaat tinglanib, ularning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 tasi bo‘yicha joyiga chiqib, o‘rgangan holda ijobiy tomonga hal etish borasida mas'ullarga topshiriq berildi, 2 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.