Barcha yangiliklar
Muammolarga yechim topilmoqda
Gallery image 53777
Gallery image 53778
Gallery image 53779
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
11 Avg 2025
10:11

Muammolarga yechim topilmoqda

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining raisi N.Babayev, shahar kengashining deputati D.Vaxobjonov hamkorlikda Bekobod shahar Farhod mahallasidagi saylovchilarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammo va savollariga yechimlar topdilar. Jumladan, muammolarni o‘rganish jarayonida “Paxtaobod” ko‘chasi 7-uyda istiqomat qilib kelayotgan fuqaro X.Yo‘ldoshyeva xonadonida qurilish ishlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berilib, har qanday holatda uyning qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlari yon qo‘shnilariga xalaqit qilmasligi, ularning roziligi bilan kadastr hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, “Paxtaobod” ko‘chasi 31-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro I.Atabayevaning ijtimoiy va iqtisodiy holati o‘rganilib, shifoxonada davolanayotgan farzandi uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. O‘rganish ishlari davom etmoqda.