Barcha yangiliklar
MUNOSABAT
TURAYEVA RA’NO AMONOVNA
08 Avg 2025
16:53

MUNOSABAT

Prezidentimizning Turkmanistonga rasmiy tashrifi – bu oddiy siyosiy voqea emas, balki tarixiy yaqinlik, qardoshlik va o‘zaro hurmatning yana bir amaliy ifodasidir.

Ikki xalqni bog‘lab turgan rishtalar bugun faqat so‘z bilan emas, balki ishonchli kelishuvlar, ochiq chegaralar, erkin savdo va mushtarak tashabbuslar orqali mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, chegara hududlarida yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun bu tashrif – yangi imkoniyatlar, oddiy odamlar hayotiga bevosita ta’sir qiladigan o‘zgarishlar demakdir.

Deputat sifatida men bu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlayman va har bir fuqaroga yaqin bo‘lishga, bu imkoniyatlarni joylarda amaliyotga aylantirishga tayyorman.

Baraka – tinchlikda, taraqqiyot – qo‘shnichilikda!

Kelajak bizni emas, biz kelajakni quraylik!

Obidjon Shodiyev, 

Xalq deputatlari Zarafshon kengashi deputati