Barcha yangiliklar
Deputat_nazorati
Gallery image 53240
Gallery image 53241
MAMATQOBILOV MANSURBEK BEKBUTA O‘G‘LI
07 Avg 2025
11:02

Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Azizbayeva Dilnoza Shokirovna Bunyodkor mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi.

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish maqsadida sportning futbol, voleybol, stol tennisi va gimnastika yo‘nalishlarida namunali tadbirlar tashkil etilib, o‘quvchi-yoshlar faolligi sezilarli darajada oshganligi kuzatildi.

Bunday foydali va tashkiliy ishlar yoshlar yetakchisi tomonidan muntazam ravishda tashkil etilib, yoshlarning faolligi va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki ortib bormoqda.