Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Gallery image 53217
Gallery image 53218
Gallery image 53219
Gallery image 53220
Gallery image 53221
Gallery image 53222
Gallery image 53223
Gallery image 53224
Gallery image 53225
Gallery image 53226
Gallery image 53227
Gallery image 53228
Gallery image 53229
Gallery image 53230
Gallery image 53231
Gallery image 53232
Gallery image 53233
Gallery image 53234
Gallery image 53235
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
04 Avg 2025
00:00

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

         Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

          Tuman hokimining birinchi oʼrinbosari Umidjon Maxmudov tomonidan 2025 yil 2-choragida mahalliy byudjetning ortiqcha tushumlaridan mablagʼlar taqsimoti yuzasidan axborot berildi.

          “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʼarmasi hisobidan ajratiladigan mablagʼlar muhokama qilindi.

           Аdliya boʼlimi, gaz va elektr taʼminoti, suv taʼminoti, maktab va maktabgacha taʼlim, tibbiyot, soliq, suv xoʼjaligi, chiqindi xoʼjaligi va yoshlar masalalari boʼyicha mutasaddilar hisobot berdi.

           Taʼlim sohasidagi muammolar, jinoyatchilikning oldini olish, maktabgacha taʼlimda sanitariya talablariga rioya qilish, kadrlar tayyorgarligi va taʼlim muassasalarida korruptsiyaga qarshi choralar ham sessiya muhokamasida alohida oʼrin egalladi.

          Shuningdek, deputatlar oʼz saylovchilari oldida hisobot berish tartibi yuzasidan jadval tasdiqlandi.

          Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

         Xalq vakillari masʼullarga saylovchilar murojaatlari asosida aniq va qatʼiy savollar yoʼlladilar. Muhokamalar ochiq va shaffof ruhda kechdi. Shu bois, sessiya 2 soatdan ortiq davom etdi. U Bagʼdod tumani hokimligining Аxborot xizmati rasmiy telegram kanali orqali jonli efirda namoyish etildi. (https://t.me/bagdodim_news/56090).