Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 53146
Gallery image 53147
Gallery image 53148
Gallery image 53149
Gallery image 53150
Gallery image 53151
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
06 Avg 2025
15:33

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumani "Qarapchi" mahallasida qurilayotgan 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) holati Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 23-Dexqonobod saylov okrugi deputati Eldor Otaboyev tomonidan joyida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida qurilish jarayonlari belgilangan jadval asosida olib borilmayotgani, ishlar bir me’yorda tashkil etilmaganligi aniqlandi. Natijada mazkur MTT joriy yilning sentyabr oyiga qadar foydalanishga topshirilmasligi ma’lum bo‘ldi. Qurilish ishlarini yakunlash muddati sifatida oktyabr oyi ko‘rsatildi.

Deputat tomonidan holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniqlik kiritish va mas’ullarni belgilangan muddatlarda ishlarni sifatli hamda to‘liq yakunlash choralarini ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.