Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 53080
Gallery image 53081
Gallery image 53082
Gallery image 53083
Gallery image 53084
Gallery image 53085
Gallery image 53086
Gallery image 53087
Gallery image 53088
Gallery image 53089
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
06 Avg 2025
10:17

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

"Madaniyat" mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida “Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlari dasturi doirasida bajarilmoqda.

Joriy ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Tuman Kengashi deputati A. Odilov mazkur ta’mirlash jarayonlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida qurilish ishlarining belgilangan me’yor va talablar asosida, yuqori sifatda olib borilayotgani, xususan, maktab binosining sinfxonalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichki va tashqi infratuzilmasi zamonaviy tarzda yangilanayotgani alohida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan ishchi-xodimlarga minnatdorchilik bildirilib, maktabning yangi 2025/2026 o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatda foydalanishga topshirilishi kutilayotgani qayd etildi.