Barcha yangiliklar
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida qadriyatlarga asoslangan bozor iqtisodiyoti asoslarini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlarini shakllantirish, xususiy mulk daxlsizligi, erkin va halol raqobat munosabatlarini ta’minlash muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Gallery image 53054
Gallery image 53055
Gallery image 53056
Gallery image 53057
Gallery image 53058
Gallery image 53059
Gallery image 53060
Gallery image 53061
Gallery image 53062
Gallery image 53063
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
06 Avg 2025
09:22

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida qadriyatlarga asoslangan bozor iqtisodiyoti asoslarini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlarini shakllantirish, xususiy mulk daxlsizligi, erkin va halol raqobat munosabatlarini ta’minlash muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida qadriyatlarga asoslangan bozor iqtisodiyoti asoslarini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlarini shakllantirish, xususiy mulk daxlsizligi, erkin va halol raqobat munosabatlarini ta’minlash muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Shuningdek, partiyaning 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari To‘lqin Ahmedov hamda xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati, partiya tuman Kengashi raisi Mashhura Karimova Qiziltepa tumanidagi “Ishchi kiyim ta’minot ishlab chiqarish kichik korxonasi”ga qarashli “Qiziltepa chevarlari” tikuv sexi faoliyati bilan tanishdi.

Deputat va partiya faollariga korxona mas’ullari ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulotlar sifatini yaxshilash uchun olib kelingan texnologiyalarning afzalliklari hamda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun qilinayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.