Barcha yangiliklar











SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
05 Avg 2025
15:46
Deputat oromgohda
Bolalarning yozgi ta’tili yangi ko‘nikmalar olish, do‘stlar orttirish va o‘z iqtidorini kashf etish uchun bebaxo imkoniyatlar yaratdi. Jalaquduq tumanidagi "Oq buloq" bolalar oromgohida Davlatimiz rahbarining "Dolzarb 90 kun" tashabbusi doirasida samarali ishlar olib borilganligining guvohi bo‘lgan O‘zbekiston "Adolat" SDP Jalaquduq tuman Kengashi raisi, deputat B. Bazarova oromgoh direktori Sardorbek Qurbonov boshchiligidagi xodimlar va bolajonlar bilan davra suxbatlari o‘tkazdi. Bolajonlar oromgohda yaratilgan sharoitlar va o‘tkazgan xar bir kunidan minnatdor ekanligini bildirdilar.