Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 52920
Gallery image 52921
Gallery image 52922
Gallery image 52923
Gallery image 52924
Gallery image 52925
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
05 Avg 2025
10:43

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov "Navbahor" mahallasida joylashgan 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida ishlar borishi deputat tomonidan tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Jumladan:

⚫️Qurilish-ta’mirlash ishlari sekin va sust tashkil etilgani,

⚫️Ish sifati qoniqarsiz darajada bo‘lgani,

⚫️Pudratchi tashkilot tomonidan belgilangan reja va muddatlarga rioya qilinmayotgani,

⚫️Shuningdek, mavjud holatga ko‘ra, maktab binosini 2025/2026 o‘quv yiliga tayyor holda topshirishning imkoni yo‘qligi qayd etildi.

Deputat ta’lim muassasasining vaqtida va sifatli ta’mirdan chiqarilishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga qat’iy tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, ta’mirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish, loyiha asosida ishlar monitoringini kuchaytirish va pudratchi tashkilot faoliyatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.