Barcha yangiliklar
Dehqon bozoridagi narx-navolar deputatlar nazoratida
Gallery image 52606
Gallery image 52607
Gallery image 52608
Gallery image 52609
Gallery image 52610
Gallery image 52611
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
04 Avg 2025
08:29

Dehqon bozoridagi narx-navolar deputatlar nazoratida

     Aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash – ustuvor vazifalardan. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari Sayyora Ergasheva va Rustam Qayumovlar tomonidan Bekobod shahridagi “Dehqonbozori”dagi mahsulot narx-navolari tahlil qilindi. Sabzavot, go‘sht, sut mahsulotlari va qovun-tarvuzlarning holati hamda yaroqliligi o‘rganildi. Aholi tomonidan tushayotgan murojaatlarni e’tiborga olib, go‘sht va poliz mahsulotlaridagi yuqori narxlar bo‘yicha bozor ma’muriyati bilan birgalikda chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputatlik va jamoatchilik nazorati orqali bozordagi narx-navolarning barqarorligiga erishiladi.