Barcha yangiliklar
Sog‘liqni saqlash muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 52472
Gallery image 52473
Gallery image 52474
Gallery image 52475
TURAYEVA RA’NO AMONOVNA
01 Avg 2025
16:55

Sog‘liqni saqlash muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan хalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati D.Suvonova tomonidan Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O'rganish davomida tibbiyot birlashmasining ichki sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, bemorlarga yaratilgan qulayliklar, texnik jihozlanish darajasi va xodimlarning ish sharoitlari batafsil o‘rganildi. Shu bilan birga, muassasada ekologik xavfsizlik, chiqindilarni to‘g‘ri saqlash va utilizatsiya qilish tartibi ham alohida e’tiborga olindi.

 Joyida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, deputat tomonidan ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.