Barcha yangiliklar
Sog‘lomlashtirish oromgohi o‘rganildi
Gallery image 52299
Gallery image 52300
Gallery image 52301
Gallery image 52302
Gallery image 52303
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
01 Avg 2025
10:48

Sog‘lomlashtirish oromgohi o‘rganildi

 Mamlakatimizda yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari Sayyora Ergasheva, Kimyoxon Muxidinova hamda Komil Shukurovlar ishtirokida shahardagi “Sohil” nomli bolalar oromgohida mavsumga tayyorlash va yoz mavsumida bolalarning ta’lim-tarbiyasini yanada yaxshilash maqsadida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari o‘rganildi. Yoz mavsumida bolajonlarni vaqtini maroqli va mazmunli o‘tkazish borasida oromgohda bir qator ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlandi. Oromgoh bugungi kunda 160 nafar bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalarni ovqatlanish holati 6 mahalga mo‘ljallangan bo‘lib, sport turlari, kitobxonlik kabi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.