Barcha yangiliklar
Bugun – Investitsiyaviy loyihalar diqqat markazida!
Gallery image 52295
Gallery image 52296
Gallery image 52297
Gallery image 52298
SHAMSIDDINOVA DILNOZA ILXOMOVNA
01 Avg 2025
10:40

Bugun – Investitsiyaviy loyihalar diqqat markazida!

 Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Valijon Adizov hamda tegishli mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida tumanda amalga oshirilayotgan yangi investitsion loyihalar qurilish jarayonlari o‘rganildi.

🏗 Tashrif davomida rahbarlar tomonidan loyihalarning hozirgi bosqichi, qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi, ishlab chiqarish quvvatlari, kelgusida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari va mahsulot eksport salohiyati bo‘yicha atroflicha tahlillar o‘tkazildi.

✅ Har bir loyiha bo‘yicha mutasaddilarga aniqlashtirilgan topshiriqlar berilib, ishlarning tezkor va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📈 Maqsad – tumandagi iqtisodiy faollikni oshirish, ish o‘rinlari yaratish va hududda biznes muhiti uchun qulay shart-sharoitlar barpo etishdan iborat.