Barcha yangiliklar
Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasining Andijon viloyatiga ikki kunlik tashrifi samarali o‘tdi
Gallery image 52104
Gallery image 52105
Gallery image 52106
Gallery image 52107
Gallery image 52108
Gallery image 52109
Gallery image 52110
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
30 Iyul 2025
12:57

Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasining Andijon viloyatiga ikki kunlik tashrifi samarali o‘tdi

Delegatsiya “Yangi Andijon” mega-loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy obyektlar va yo‘l-kommunikatsiya tizimining barpo etilishi jarayonini o‘rganib chiqdi. Qurilish ishlari, hududiy rejalashtirish va ekologik barqarorlik bo‘yicha olib borilayotgan yondashuvlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan ma’lumotlar berildi.

 Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘i (Bo‘g‘ishamol)ga tashrif buyurdi. Tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu maskan Andijon shahrining ramziy joylaridan biri hisoblanadi. Deputatlar bu yerda obodonlashtirish ishlari, sayyohlik salohiyati va madaniy merosni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

 Ikki kunlik amaliy tashrif yakunida Toshkent shahar delegatsiyasi a’zolari Andijon shahar rasmiylari tomonidan tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi. Tashrif davomida o‘zaro fikr almashish, mahalliy Kengashlar o‘rtasida amaliy aloqalarni kengaytirish va ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha muhim asoslar yaratildi.

 Tashrif davomida amalga oshirilgan barcha uchrashuv va tadbirlar haqida batafsil fotoreportaj va yangiliklar xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.