Barcha yangiliklar
Toshkent shahar Kengashi deputatlari Andijonda: birinchi kunning ikkinchi yarmida sanoat va ijtimoiy loyihalar bilan tanishildi
Gallery image 52094
Gallery image 52095
Gallery image 52096
Gallery image 52097
Gallery image 52098
Gallery image 52099
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
29 Iyul 2025
00:00

Toshkent shahar Kengashi deputatlari Andijonda: birinchi kunning ikkinchi yarmida sanoat va ijtimoiy loyihalar bilan tanishildi

Delegatsiya dastlab Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida AT “Xalq banki” tomonidan charm poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Charm-poyabzal” kichik sanoat zonasi loyihasi bilan tanishdi. Ushbu loyiha hududiy sanoat salohiyatini oshirish va mahalliy aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.

 Shuningdek, Oltinko‘l tumanidagi “Qo‘shtepa” mahallasida 15,9 gektar maydonda joylashgan, “Green World Landshaft” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘chat yetishtirish va landshaftsozlik yo‘nalishidagi yirik loyiha ham deputatlar e’tiborida bo‘ldi. Loyihaning hududni obodonlashtirish va ekologik barqarorlikka qo‘shayotgan hissasi alohida qayd etildi.

Delegatsiya Oltinko‘l tumanida AT “Aloqa bank” ko‘magida tashkil etilayotgan “Mebelsozlik kompleksi” loyihasi bilan ham tanishdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qo‘llab-quvvatlanayotgani va yangi ish o‘rinlarining yaratilayotgani e’tirof etildi.